Web saxifada ishlash
Web sahifada gipermurojatlar bilan ishlash
Ishdan maqsad: Web sahifada gipermurojaatlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Masalaning qo’yilishi: Web-sahifada gipermurojaat yaratish usullari bilan tanishish.
Giperxavola. WWW muhitida bir hujjatdan ikkinchi hujjatga o’tish vositasi  giperhavola deyiladi Odatda birinchi bo’limidan boshlab sekin-asta  o’qib boriluvchi kitobdan farqli o’laroq, Web- tarmoq tizimi foydalanuvchilarga aynan ularni qiziqtirayotgan axborotni shu vaqtning o’zida ko’zdan kechirishga imkon beradi. Web-tarmoq tizimi daraxtni eslatadi: markaziy bo’imning yirik shoxlari mayda shoxlarga, ya’ni ular bilan bog’liq axborotga olib boradi. Har bir shox aloxida Web-sahifani anglatadi. Giperhavolalardan foydalangan holda bir tarmoq ichida harakatlanish yoki bir tarmoqdan boshqa bir tarmoqga o’tish mumkin. Giperxavola knopka sifatida xizmat qiladi. Uni bossangiz, siz u tasvirlagan yerga borib qolasiz.
Wev sahifalarda turli xildagi multimediya ob’ektlari joylashtirilishi mumkin. Gipermatnli hujjatlarda matnning o’ziga qo’shimcha qilib video va audio ob’ektlar qo’llaniladi. Havola sifatida esa nafqat mantlarni, balki turli xil grafiklarni qo’lash mumkin. Havola ikki qismdan iborat bo’ladi.
Birinchi qismi Web-sahifalarida ko’rinadigan ko’rsatkich
Ikkinchi qismi brauzerga ko’rsatma beradigan havolaning manzili
Havola ko’rsatkichi ustida sichqonchani chap tugmasi  bosilsa, brauzer  url-manzili ko’rsatilgan hujjatni yuklaydi. Havola ko’rsatkichi so’z, so’zlar guruhi yoki tasvirlar bo’lishi mumkin, asosan  ko’rsatkichlar 2 turda: matnli yoki grafikli bo’ladi. Matnli ko’rsatkichning rangi sahifa muallifi tomonidan yoki ko’rib chiqish dasturlarini o’rnatish orqali tartibga solinadi. Masalan,
Bu matn
Birinchi misolda matnli faylga  xavola  ko’rsatilgan. 2-misolda  esa grafikli havola ko’rsatilgvn. Bajaradigan vazifasiga ko’ra ikkala havola bir-biridan farq qilmaydi. Manzilni ko’rsatish– nisbiy va absolyut bo’lishi mumkin. Havola yaratish uchun  tegidan foydalaniladi.   tegining faqatgina bitta HREF parametri mavjud. HREF parametrining qiymati url-manzil hisoblanadi. Masalan:
xavolaning  absolyut adresini ko’rsatish
Havolalarni, boshqa hujjatlarga, yoki joriy hujjatning turli qismlariga yaratish mumkin. Agar katta hujjat turli bo’limlarga ega bo’lsa, uning bo’limlariga havola (havola) yaratish, butun hujjatni  ko’rib chiqish va kerakli bo’limini  tanlash  ishini osonlashtiradi. Bunday havola yaratish ichki  havola hisoblanadi. Ichki havolani yaratish uchun avvalo belgilangan joyni aniqlovchi ko’rsatkichni tuzish kerak.
tegining NAME parametri yordamida joylashtirilayotgan ko’rsatkichga nom beriladi. Masalan:
Delphi dasturlash  tili
SHundan so’ng bu ichki havola ekanligini ko’rsatuvchi old qo’shimchani joylashtirish lozim.
Hujjatning beshinchi bo’limi Delphi tili haqida
fikrlaringizni jo’natin   Bu xavola eletron pochtaga murojaatni ifodalaydi.
Grafik xavola. Grafik xavola yaratish uchun avval rasmli fayl tayyorlanadi. Grafikli faylning nomini kengaytmasi *gif yoki *jpg  bo’lishi mumkin. Rasmga murojaat qilish tegi im, parametri sr.
Misol,
Bunday tasvirning har qanday qismi Dokument.html nomli hujjatiga xavola ko’rsatkichi kabi ishlaydi.Bu misolda nisbiy adres ishlatilgan,yani “Dokument.html” va “map.gif” fayllari bitta papkada joylashgan.
Tashqi xavola yaratish  quyidagi tartibda amalga oshadi:
• hujjat
• hujjat
• hujjat
• hujjat
• hujjat
Blok elementlari. Blok elementlari har doim yangi qatordan boshlanadi, sahifaning kengligini hammasini egallaydi, balandligi esa blokning mazmuniga bog’liq bo’ladi.
<BLOCQUOTE>…</ BLOCQUOTE>
Hujjatning ichidagi uzun tsitatalarni ajratish uchun ishlatiladi. Bu teglar orasidagi matn chap va o’ng tomondan 40 piksel joy qoldirilgan tekis blok sifatida aks etadi.Blokning yuqori va pastki qismida bo’sh qator qoladi.
universal blok konteyner hisoblanadi ,
Atributlari
Align- blokni ichidagi matnni gorizontal yo’nalish bo’yicha tekislash usuli ko’rsatiladi
TITL- blokni mazmunini ifodalovchi yordamchi matn kiritishda ishlatiladi.
Hujjatning alohida bo’limlariga sarlavha berish uchun  6 bosqichli teglar
va jufti
. Ishlatiladi,
Atributi — align , qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar-left, right, ENTER
abzatsni ifodalash
Atributi –Align,  qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar:
left-chapga tekishlash, right-o’ngga tekislash, enter-o’rtaga tekislash;
justufy- butun sahifa bo’ylab tekislash
Misol,
bu  oddiy  abzats
Oldindan formatlangan matnli blokni berishda ishlatiladi. Bunday matn odatda bir xil kenglikdagi (monoshirinniy) shrift bilan aks etadi.
konteynerini ichida quyidagi teglar bo’lmasligi kerak: , ,
,  va .
Salom, Dunyo!
Posted on 16 августа, 2019 in Ma'ruza matinlari by komoshergasheva1985
Welcome to Сайты-сателлиты 2.0 . This is your first post. Edit or delete it, then start blogging!